Havas O‘zbekiston xalqini muqaddas Qurbon hayiti bilan tabriklaydi
Havas diskaunterlar tarmog‘i har bir oilaga to‘kinlik va farovonlik, ezgu amallar va ko‘ngil xotirjamligini tilaydi.
Ko‘p millatli mamlakatimizda Qurbon hayiti ezgulik, adolat va rahm-shafqat timsoli hisoblanadi. Qurbon hayit bayrami yaqinlarimizga nisbatan mehr-muruvvatli bo‘lish va eng yaxshi insoniy fazilatlarimizni namoyon etishga yordam beradi.
Ushbu ajoyib kunda bekajonlar dasturxonni mazali taomlar bilan bezaydilar, bolalar esa intiqlik bilan sovg‘a-salom kutadilar. Shuningdek, bayramning asosiy maqsadlaridan biri – bu muhtojlarga yordam berishdir. Zero, xayriya qilish orqali inson ma'nan boyiydi.
Mehribon va g‘amxo‘r qo‘shningiz Havas har kuni oilaviy qadriyatlar va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning namoyon bo‘lishini hayajon bilan kuzatadi. Onalar va otalar, yosh bolalar va o‘spirinlar – ularning har biri o‘zlarining bir-birlariga nisbatan bo‘lgan g‘amxo‘rliklarini, mehr va e'tiborlarini ifoda etishga harakat qiladilar.
O‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligini ko‘rsatadigan hayotiy vaziyatlarni ko‘rganimizda yurakda iliqlik hissini tuyamiz. Masalan, ota aravachani tayyorlagunicha onasi bolasini qo‘lida mehr bilan ko‘tarib turganida. Bog‘da sayr qilib yurgan yoshi katta juftlikdagi biri turmush o‘rtog‘iga suyana olganida yoki nabiralar sevimli buvijon va buvajonlarini hadyalar bilan yo‘qlab kelganlarida.
Nurli ayyom Qurbon hayitda Havas oilasi barchaga farovonlik, hamjihatlik va bugungi kunda juda muhim bo‘lgan oilaviy qadriyatlarni asrashlarini tilaydi.
Yil davomida yuraklaringizda tinchlik, quvonch, totuvlik hukm sursin, uyingiz esa iliqlik va baxtga to‘lsin.
Havas oilasi
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30 / 14.04.2025
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26 / 14.04.2025
Mavzuga oid

18:57 / 19.03.2025
Havas tarmog‘i iste’molchi huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi kompaniya nomiga sazovor bo‘ldi

09:00 / 07.03.2024
O‘zbekistondagi ilk diskaunterlar tarmog‘i - Havas'ga 5 yil to‘ldi

09:00 / 19.12.2023
Markaziy Osiyodagi do‘konlar soni bo‘yicha yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lmish Havas uch yuzinchi yubiley do‘konini ochdi

13:00 / 06.06.2023