«Joriy yilning 15 iyul kuni soat taxminan 22:30da Samarqand viloyati Past Darğom tumani «Zarbdor» oilaviy şifokorlik punktida joylaşgan tez tibbiy yordam bölimiga tumanning Qöşquduq mahallasida yaşovçi fuqaro X.M. mast holda kelgan va 22 yoşli öğli M.J. betobligini aytib, şu kuni öz navbatçiligini ötayotgan şifokor T.F. va feldşer N.I.dan tezda uning yaşaş manziliga borişni talab qilgan.
Biroq bemor manziliga otlangan tibbiyot xodimlari birinçi yordam qutisini olişga ulgurmasdan telefon orqali boşqa bir manzildan çaqiruv böladi.
Navbatçi feldşer N.I. telefon orqali çaqiruvni rasmiylaştiriş vaqtida fuqaro X.M. betoqatlik bilan feldşer N.I.ni haqoratlab, unga qöl kötaradi. Söng kaltaklangan feldşerni iş joyida qoldirib, şifokor T.F.ni maşinasiga ötirişga majburlaydi.
Yaşaş manziliga borgaç, xumoridan çiqmagan fuqaro arzimagan bahonalar bilan şifokorni ham haqorat qila boşlaydi. Bunga ham qanoat qilmagan muştumzör tez tibbiy yordam bölimi şifokori T.F.ni xizmat vazifasini ötayotgan vaqtda ayovsiz kaltaklaydi.
Şundan söng şifokor zudlik bilan Past Darğom tuman tibbiyot birlaşmasining travmatologiya bölimiga olib kelingan.
Tibbiy tekşiruv davomida 1988 yilda tuğilgan T.F.ga boş miya jarohati, jumladan, boş miya çayqalişi, pastki lab içki yuzasida urib yirtilişi hamda kökrak qafasi yumşoq töqmalarning lat yeyişi taşxisi qöyilgan. Ayni paytda unga şifokorlar tomonidan statsionar şaroitda zarur tibbiy muolajalar körsatilmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Şuningdek, 1978 yilda tuğilgan navbatçi feldşer N.I.ga burun suyagining yopiq sinişi kabi jarohatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasida tibbiy yordam körsatilgan.
Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilgan fuqaro X.M.ga nisbatan esa qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Vazirlikning qöşimça qilişiça, joriy yil 1 mart kuni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali tez tibbiy yordam şifokori X.M.ga xizmat vaqtida fuqaro D.O. tomonidan qilingan tajovuz uçun 2021 yil 16 martdagi sud hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasining tegişli qismi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan va hozirda fuqaro D.O. jazo muddatini ötamoqda.












