«Hozirgina Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan özbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi», deyiladi vazirlik xabarida.

Uşbu vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyasi Özbekistonga şu yilning 27 mart kuni keltirilgan edi.

Şu kungaça mamlakatdagi vaksinatsiya jarayonlari uçun jami 1 660 ming doza vaksina zaxirasidan foydalanilmoqda. Ayni paytgaça emlangan 565 ming nafardan ortiq aholining 46 foizi, ya'ni 263 ming nafardan ortiği ZF-UZ-VAC2001 qabul qilgan.

«ZF-UZ-VAC2001 bilan emlaniş 65 yoş va undan katta yoşdagi emlanuvçilar orasida 148 ming nafardan ortiqni, tibbiyot xodimlari orasida 114 ming nafardan ortiqni taşkil qilgan. 

26 aprel kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlangan fuqarolar soni 14 522 nafarni taşkil qilib, uşbu vaksina bilan kunlik emlaniş körsatkiçi 68 foizga yetgan», deyiladi xabarda.

Bundan avval Özbekistonga vaksinasining 660 ming dozalik bir partiyasi hamda «Sputnik V» vaksinasining ikki partiyasi keltirilgan edi. Rossiya vaksinasini qöllaş 28 aprelda boşlanişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, AstraZeneca vaksinasining ham yangi partiyasini keltiriş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.