Xitoyning markaziy provinsiyalarida kuçli yomğirlar toşqinlarga olib keldi. Tabiiy ofatdan Xenan provinsiyasi eng köp jabr kördi. Bu yerda 100 mingdan köproq odam evakuatsiya qilingan. Provinsiyaning eng yirik şahri Çjençjouda metroning suv ostida qolişi oqibatida 12 kişi halok bölgan.

“Sinxua” axborot agentligining xabar berişiça, provinsiyaning 10dan köproq şahri toşqinlardan jabr körgan.

Toşqinlar Çjençjou yaqinidagi töğonning öpirilişiga olib kelgan. Şahar metrosi suv ostida qolişi oqibatida 12 kişi halok bölgan. Metro xodimlari tunneldan 500ga yaqin odamni evakuatsiya qilgan. Provinsiyada favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilingan.

Xenanda kuçli yomğirlar 18 iyulda boşlangan. Meteorologlar ma'lumotlariga köra, provinsiyada yoğingarçilik miqdori 500 mmga, Çjençjouning ba'zi hududlarida esa 870 mmga yetgan. Ta'kidlanişiça, şaharga oxirgi 3 kun içida bir yillik yoğingarçilik tuşgan. Buning natijasida temir yöl, havo va avtomobil aloqasi izdan çiqqan, 10dan köproq köçalar harakatlaniş uçun xavfli deb e'lon qilingan.

Mahalliy hokimiyatni provinsiyadagi töğonlar holati xavotirlantirmoqda. Loyan şahrida suv töğonda 20 metrlik yoriq hosil qilgan va inşoot “istalgan vaqt öpirilib tuşişi mumkin”.

Qutqaruv operatsiyalarida 6 mingdan köproq harbiy va öt öçiruvçi iştirok etmoqda.

Ob-havo mutaxassislari 21 iyulda ham kuçli yomğirlar davom etişini prognoz qilişmoqda. Ularning ta'kidlaşiça, yoğingarçilik 22 iyulda töxtaşi mumkin.