Bu yilgi yoz özgaça keldi. Toşkent şahrida iyulning ilk haftasida oxirgi 150 yillikdagi aynan şu kunda qayd etilgan eng issiq havo harorati rekordlari yangilandi. Yuz berayotgan bu iqlim özgarişlariga inson faoliyati sabab qilib körsatilmoqda: atmosferaga çiqariladigan gazlar, tinimsiz qurilişlar, yaşillikning yöqolişi, maişiy çiqindilarning oqilona bartaraf etilmasligi kabi.

Alaloqibat yuzaga kelgan issiqxona effekti bugun insoniyatga öz ta'sirini körsatmoqda.

Issiqxona effekti nima özi?

Quyoşdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolişi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoşdan kelgan nurni Yer ham öz navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Uşbu nurlarning bir qismi koinotga çiqib ketiş örniga odamlardan çiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib çiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir körsatadigan issiqxona qatlami hosil böladi.

Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq böladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isiş hodisasini keltirib çiqaradi.

Anomal iqlim hodisalari – muvozanat buzilganining belgisi

“Özgidromet” yetakçi mutaxassisi Erkin Abdulahatov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda “issiqxona effekti”ning hosil bölişi, jamiyatga va kelajakka yetkazadigan zarari haqida gapirdi.

— Tasavvur qiling, çelakda muzdek suv bor. Har holda suv etni junjitadigan darajada sovuq. Birinçi vaziyatda, suvga qölingizni asta tiqiş orqali, suv haroratini öz badaningizga moslaştira oldingiz. Ikkinçi vaziyatda öşa çelakdagi muzdek suvni sizning ustingizga tösatdan sepib yuborişdi. Sizda seskaniş va öta noqulay vaziyat yuzaga keldi. Suv haroratini ikki xil vaziyatda ikki xil hissiyot bilan qabul qilişni his qildingiz...

Nega bu voqeani esladim. Iqlim isişini tezlaştiradigan issiqxona effekti hosil qiluvçi gazlar ham tösatdan sun'iy ravişda tez köpaytirilmoqda. Aksiga, uning nazorati, muvozanatini uşlab turiş uçun tabiatning öziga ham imkon qoldirmayapmiz: örmonzorlarni yovvoyilarça yöq qiliş, yerlarni pala-partiş özlaştiriş, dunyo okeanini ifloslantiriş orqali tabiatning havoga çiqarilayotgan iflos gaz miqdorlarini jilovlaş imkoniyatini çeklab qöydik.