Azamat Haydarov 1957 yil 20 may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tuğilgan. 1980 yil Toşkent davlat Madaniyat instituti, 1996 yil Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Bir neça yillar mas'uliyatli vazifalarda, xususan, Madaniyat işlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boşqarmasi boşliği, Özbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oşiriş” fakulteti dekani, “Siyosiy  fanlar” kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport işlari vazirining örinbosari,  “Özbeknavo” estrada birlaşmasi boş direktori,  Madaniyat va sport işlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy  işlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori kabi lavozimlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilib, soha rivojiga katta hissa qöşgan fidoyi mutaxassis endi oramizda yöq.

Madaniyat vazirligi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.