2 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi «Özbekkonsert» davlat muassasasida (sobiq «Özbeknavo» estrada birlaşmasi) «Qat'iy tartib-intizom va şaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylanişi lozim» mavzusida san'atkorlar va şou biznes vakillari bilan majlis bölib ötdi.

Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov san'atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan davlat taşkilotlariga bundan keyin pul ötkaziş yöli bilan ularning xizmatidan foydalanişni yölga qöyişni taklif qildi.

Madaniyat vazirligidan yiğilişda qatnaşgan amaldor ham vazirlik bu pullik xizmat taklifini töliq qöllab-quvvatlaşini aytib ötdi.

Foto: Özbeknavo

O.Nazarbekov Madaniyat vazirligi qoşida tijoriy bölim oçiş va san'atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan davlat taşkilotlari unga pul ötkaziş yöli bilan ular xizmatidan foydalanişni yölga qöyişni taklif qildi. Öz çiqişida xonanda, xususan, prokuratura va boşqa davlat muassasalari amaldorlarining öz bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalaniş ustiga, döq urib san'atkorlarni obrösizlantirişi haqida şikoyat qildi:

“Davlat taşkilotlari oldida san'atkorlarning hurmati yöq. Davlat tadbirlari haqida gapirmayapman. Taşqi işlar vazirligida tadbir böladi yoki prokuraturada, oddiy ötiriş qiladi, masalan, Navrözga atab yiğilişadi. Şu tadbirga nonni pulga olişadi, suvni pulga olişadi, restoranni pulga zakaz qilişadi, lekin san'atkor tekinga borişi kerak. Hurmat ham şunga yaraşa böladi. Ozgina keçiksangiz döğlab, uruşib berişadi”, — degan Nazarbekov. Bu sözlar yangragaç yiğiliş zaliga yiğilgan barça — ayrim san'atkorlar va qolgan şou-biznes olami vakillari qizğin va gulduros qarsaklar bilan Nazarbekovni qöllab-quvvatlaşgan.

Yiğilişda Adham Soliyev Qaşqadaryoga tadbirga borgan artistlar guruhi vaqtida taomlantirilmasdan  qoldirilgani,  Surxondaryoda esa «Kamolot» ijtimoiy harakati rahbari va madaniyat bölimi boşliği tomonidan turli ovoragarçiliklarga yöl qöyilgani, ularga nisbatan hurmatsizlik qilingani haqida ham gapirib bergan.

«Ozodbek — prav!»

Bu borada nima ham deyiş mumkin, Ozodbek Nazarbekovning bildirgan taklifi juda örinli, uni faqatgina olqişlaş mumkin. Haqiqatan ham davlat taşkilotlari turli tadbirlarga, hattoki davlat miqyosidagi tadbirlarda ham qatnaşgani uçun san'atkorlar va şou-biznes vakillariga (