Koronavirus pandemiyasi yakunlanişiga hali ança bor, virusning “delta” ştammi Yevropada ustunlik qilmoqda va keyingi oylarda dunyoda eng keng tarqalgan ştammga aylanadi. Bu haqda JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi va Yevropaning kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi ma'lum qilgan.
“Kuzatuvlar natijalari 28 iyundan 11 iyulgaça “delta” ştammi yetarli ma'lumotlar taqdim qilgan 28ta davlatdan 19tasida ustunlik qilganini körsatmoqda. Bulardan kelib çiqib, “delta” ştamm keyingi oylarda global kölamda ustunlik qilişini aytiş mumkin. Hozirda u Yevropaning barça davlatlarida aniqlangan. U yangi, raqobatbardoş ştamm paydo bölmagunça tarqalişda davom etib, qolgan ştammlar örnini egallaydi”, deb aytilgan xabarda.
JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Xans Klyugening ta'kidlaşiça, pandemiya yakunlanişiga hali ança bor. Uning aytişiça, aholini emlaşga qaratilgan barça sa'y-harakatlarga qaramay, “millionlab odamlar emlanmagan va şu sababli ularga şifoxonaga tuşiş xavf solmoqda”.













