The Guardian naşrining xabar berişiça, bungaça Xitoyning birinçi şaxslari uşbu muammoli muxtoriyatga 30 yildan köproq vaqt taşrif buyurişmagan. Tibetga Xitoy yetakçilaridan oxirgi bölib Tszyan Tszemin 1990 yilda taşrif buyurgan.
Ta'kidlanişiça, Si Tszinpin Tibetga 1998 yilda Futszyan provinsiyasi rahbari va 2011 yilda Xitoy yetakçisi örinbosari bölganda kelgan.
Xitoy raisi safari davomida dastlab Linçji (Ningçi) şahriga taşrif buyurgan. Söngra u provinsiya poytaxti Lxasaga Tibetni Siçuan provinsiyasi bilan boğlovçi tezyurar temir yölda borgan. Si Tszinpin Lxasada davlat muhofazasi ostida bölgan diniy-madaniy obektlar – Dalay-lamaning tarixiy qarorgohi - Potala saroyi va buddaviylar ibodatxonasiga taşrif buyurgan. Xitoy rahbari, şuningdek, qişloq xöjaligi korxonasi va şaharsozlik muzeyida bölgan.
Tibet himoyasi uçun xalqaro kampaniya huquqni himoyalaş taşkiloti Si Tszinpinning Tibetga kelişi arafasida va taşrifi davomida provinsiyada kuçaytirilgan xavfsizlik rejimi joriy qilingani va barça şubhali şaxslar tekşirilganini ma'lum qilgan.
OAVda ta'kidlanişiça, Si Tszinpinning muxtoriyatga taşrifi Xitoyning Tibet ustidan nazorat örnatişiga olib kelgan kelişuvning 70 yilligi munosabati bilan amalga oşirilgan bölişi mumkin.
Uşbu taşrif Pekinning Tibet bilan bahsli çegaraga ega Hindiston bilan munosabatlari yomonlaşgani ortida ötgan.
Ta'kidlanişiça, Xitoy rahbarining Tibetga taşrifi “yaşirinça” taşkillaştirilgani va u davlat OAVda bevosita yoritilmagani muxtoriyat hali ham Pekin uçun “qaltis masala” bölib qolayotganidan darak beradi.












