Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari kengaşi internet tarmoğida inson huquqlarini himoyalaş töğrisida rezolyutsiya qabul qildi.

Rezolyutsiyada qayd etilişiça, COVID-19 pandemiyasi barça aholi qatlamlarining internetga boğliqligini kuçaytirgan. Internetning axborot manbayi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda fuqarolarning iştirokini ta'minlovçi maydon hamda davlat xizmatlari, xususan ta'lim va soğliqni saqlaş xizmatlarini fuqarolarga yetkazuvçi vosita sifatidagi örni mustahkamlangan.

Kengaşning tasdiqlaşiça, odamlarning oflayn hayotdagi barça haq-huquqlari, xususan söz va fikr erkinligi onlayn makonda ham birdek ta'minlanişi va himoyalanişi lozim.

“Internetdagi fundamental huquqlaridan foydalangani uçun tahdidga uçraş holatlari va barça turdagi inson huquqlari buzilişini qoralaymiz hamda barça davlatlarni xalqaro majburiyatlari doirasida bu masalada hisobdorlikka va samarali çoralar körişga çaqiramiz”, – deyiladi BMT IHK rezolyutsiyasida.

Hujjatda internet insoniyat taraqqiyotini tezlaştiruvçi drayver-kuç sifatida e'tirof etilgan.

Rezolyutsiya, şuningdek, BMTga a'zo barça davlatlarni raqamli maydonda fuqarolik jamiyatini qöllab-quvvatlaşga çaqiradi.

Hukumatlar internetdagi dezinformatsiya, diskriminatsiya, adovat va zöravonlikka qarşi çoralar körişda inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlarini nazardan qoçirmasliklari hamda internetga kiriş oçiq, işonçli va xavfsiz bölişi lozim, deyiladi BMT çaqiriğida.

“Inson huquqlari böyiça xalqaro qonunçilikni buzuvçi, xususan fuqarolarning internetda axborot izlaş, oliş va tarqatiş huquqlariga daxl qiluvçi, şuningdek, internetni yopib qöyiş va onlayn senzura kabi çoralarni şubhasiz qoralaymiz; barça davlatlarni bu kabi xatti-harakatlardan tiyilişga va bu kabi xatti-harakatlarni töxtatişga çorlaymiz”, – deya qayd etilgan rezolyutsiyada.

Ta'kidlanişiça, davlatlarning internetga doir milliy qonunçiligi va uning amaliyotga tatbiqi ularning inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlariga mos kelişi, xususan söz va fikr erkinligi hamda fuqarolarning tinç maqsadlarda yiğiliş huquqini ta'minlaşi kerak.