Pajhwok axborot agentligining xabar berişiça, afğon armiyasi qömondoni Pokiston armiyasiga 46 harbiyga, jumladan 5 zobitga Afğoniston-Pokiston çegarasidagi postlarini toliblar hujumlari oqibatida saqlab qololmaganlari sababli boşpana taqdim etişni sörab murojaat qilgan.

Afğon harbiylari 25 iyul keçki payt Pokistonning Çitral okrugiga kelişgan. Tegişli tartibotlardan keyin ularga Pokistonga xavfsiz ötiş taqdim etilgan. Afğon harbiylari yegulik, boşpana va zarur tibbiy yordam bilan ta'minlangan.

Ta'kidlanişiça, afğon harbiylari “tegişli huquqiy tartibotdan keyin” vatanlariga qaytariladi.   

Xabarda aytilişiça, 1 iyulda ham 35 afğon askari Pokiston armiyasidan boşpana söragan. Ularga Pokistonga ötişga ruxsat berilgan va tegişli tartibotdan keyin ular Afğoniston hukumatiga topşirilgan.