Farğonada fuqaroning savdo dökoni hujjatlarini rasmiylaştirib berişni va'da qilgan soxta xodim uşlandi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qöqon şahar bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Qayd etilişiça, tadbir davomida fuqaro O. A. boşqa bir fuqaro O.ga göyoki özini Uçköprik tumani “Yer resurslari va davlat kadastri” bölimi mutaxassisi deb taniştirib, şu yöl bilan uning işonçiga kirib, yaqin qarindoşiga tegişli savdo dökoni böyiça mulkka egalik huquqini tiklaşga tanişlari orqali yordamlaşişi hamda kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib berişi evaziga 1 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Qöqon davlat pedagogika institutiga öqişga kiritiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.











