Özbekistonda ötgan 2020 yilda aholining katta qismi koronavirusga çalinib soğaygani haqida norasmiy taxminlar aytilayotgan edi. Yil oxiriga borib kasallaniş holatlari keskin kamayib ketgani jamoaviy immunitet şakllanganining belgisidek köringan edi.
Biroq oradan yarim yil ötib, COVID-19'ning yangi tölqini keng miqyosda avj olib ketdi. Kaliforniya universiteti professori, virusolog Şarof Tugizovning sözlariga köra, ayni paytga kelib jamoaviy immunitet ğoyasi yeçim böla olmasligi ma'lum bölgan.
“Boşida şunday nazariya bor edi. Bu nazariya işlamadi”, – dedi Tugizov “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida.
Professorning tuşuntirişiça, koronavirusga çalinib soğaygan odamlarda bu virusga nisbatan şakllanadigan immunitet kuçli emasligi ayon bölmoqda.
“Mana şu vaziyatda vaksina kerak. Nima uçun? Vaksina koronavirusning bitta oqsiliga nisbatan organizmda immunitet çaqiradi. Bu immunitet virusga çalinib soğaygandan keyin paydo böladigan immunitetdan köra yaxşiroq, çunki koronavirusning 30ta geni bor. Bitta spetsifik genga qarşi şakllangan immunitet 30ta genga qarşi şakllangan immunitetdan kuçliroq böladi”, – dedi professor.
Şarof Tugizovning aytişiça, vaksinalar organizmda koronavirusning S geniga nisbatan spetsifik sezuvçanlikni hosil qiladi. Koronavirus ayni şu gen (toj şaklidagi oqsil) yordamida inson hujayrasiga kira oladi.
“Ötgan yili koronavirusga çalinib soğaygan odamlarga emlaniş zarurati bölmasa kerak, degan fikrda edim. Bugun esa aksinça, çunki kasallanib çiqqandan keyin şakllanadigan immunitet juda sust ekanini köryapmiz.
Umuman, [nafaqat SARS-CoV-2, balki boşqa köplab] koronaviruslarga nisbatan odamlarda şakllanadigan immunitet kuçli bölmaydi. Koronaviruslarning pandemik bölmagan törtta boşqa ştammlari bor, ularga qarşi immunitet 1 yilga yetar-yetmas.
Masalan, gerpes virusiga qarşi immunitet butun umrga yetadi. Koronaviruslar esa, agar vaksina bölmasa, kuçli immunitet çaqirişi qiyin”, – deydi virusolog.
Tugizov dunyo miqyosida foydalanilayotgan 4-5 xil vaksinaning samaradorligi va xavfsizligiga nisbatan heç qanday şubhaga örin yöqligi, 1 milliarddan köproq odam töliq vaksina olib bölganini aytarkan, bu jarayonni tezlaştiriş zarurligini ta'kidladi.














