Ma'lumotlarga köra, Apple ayni vaqtda “Titan” loyihasi doirasida özining elektromobilini işlab çiqiş bilan şuğullanmoqda. Uşbu avtomobil Tesla elektrokarlariga raqobatçilik qilişi mumkin.
Maskning ta'kidlaşiça, Tesla litiy-ion elementlarini işlab çiqarişdagi asosiy material hisoblangan kobaltni köp işlatişi haqida yangliş tasavvur bor. Tesla rahbarining aytişiça, aslida bunday emas.
“Tesla deyarli kobalt işlatmaydi. Örtaça körsatkiçlarni olsak, bizga qöllanayotgan kobaltning 2 foizi töğri kelsa, Apple’ga 100 foizi töğri keladi”, deb aytgan Tesla asosçisi.
Mask, şuningdek, Apple’ni App Store servisi orqali dasturlarni örnatiş ustidan qat'iy nazorat olib borişini tanqid qilgan.












