Prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazişi va bu uçraşuvdan avval 20-31 iyul kunlari 11 kun davomida butun Özbekiston böylab tadbirkorlar öz sohasini rivojlantiriş böyiça takliflarini prezidentga yetkazişi mumkinligi aytilgan edi. Xöş, tadbirkorlar prezidentga qanday mavzularda murojaat qilişmoqda?

Avgust oyining birinçi yarmida Özbekiston prezidenti bilan tadbirkorlar uçraşuvi ötkazilişi rejalaştirilgan. Muloqot oldidan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan tadbirkorlar murojaatlarini qabul qiliş va ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topiş böyiça ştab hamda koll-markaz taşkil etildi.

Vazirlik boş mutaxassisi Dadaxon Jumaniyozovning aytişiça, 20 iyuldan 31 iyulgaça faoliyat yuritişi belgilangan mazkur tuzilmalarga ayni paytgaça 5 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan.

«Davlatimiz rahbarining tadbirkor va işbilarmonlar bilan uçraşuvi rejalaştirilgan. Şu munosabat bilan Investitsiya va taşqi savdo vazirligi tomonidan 70 ga yaqin xodim faoliyat yuritayotgan ştab va koll-markaz taşqil qilindi. Bunda vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalari, tijorat banklari vakillari 24 soat davomida tadbirkorlardan kelayotgan murojaatlarni qabul qilib, ularga yeçim topişda kömaklaşmoqda. Ştabda har bir vakil öziga tegişli murojaatni joyiga yuborib, uning ijrosi yuzasidan nazorat örnatadi.

Murojaatlarning köp qismi yer, kadastr, tijorat banklaridan kredit oliş masalalari böyiça bölmoqda. Koll-markaz 24 soat davomida faoliyat yuritmoqda. Tadbirkorlar telefon va internet tarmoqlari orqali bemalol murojaat qilişlari mumkin», deydi vazirlik vakili.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytgaça biznesni moliyalaştiriş, kreditlaş va subsidiyalaş bilan boğliq 2 ming 203 ta, yer, böş bino va inşootlar ajratiş bilan boğliq 994 ta, turli ruxsatnoma va sertifikatlar oliş bilan boğliq 200 ta murojaat kelib tuşgan.

Hududlar kesimida murojaatlar soni yuqoriligi böyiça Toşkent viloyati (495 ta murojaat), Toşkent şahri (463 ta murojaat) va Andijon viloyati (461 ta murojaat) yetakçilik qilmoqda.