Jimjimador e’lonlar

Tarqalgan videoga köra, 2022/23 öquv yili boşlanmasidan oldin Samarqandda «Temuriylar maktabi» nomi ostidagi harbiy xususiy maktab oçilayotgani va unga qabul boşlangani haqida e’lonlar yopiştirib çiqiladi. Maktab manzili deya Samarqand şahri Hunarmandlar mahallasi körsatiladi.

E’londa maktabga 7–21 yoşdagi yigit-qizlarning öqişga qabul qilinişi, öquvçilar yotoq va 3 mahal ovqat, harbiy sport formasi bilan ta’minlanişi yozib qöyilgan. Şuningdek, öquvçilarga haydovçilik guvohnomasi, kiriş imtihonlarida 72 ball qöşib berilişi ham körsatilgan. Öquvçilarga rus tili, matematika, fizika, tarix fanlari öqitilib, taekvondo, poligon dala maşqlari, suziş kabi maşğulotlar bilan şuğullanişlari haqida va’dalar berilgan.

Bu va’dalar köplab ota-onalarni qiziqtirib, respublikaning turli viloyatlaridan ota-onalar farzandlarini maktabga yozdirib qöyişadi. Öquv yili sentabrda boşlanişiga qaramay, firibgarlar maktabda ta’mirlaş ketayotganini aytib, aldab kelişgan.

Maktab ham, rahbar ham yöqolib qolgan

Ma’lum bölişiça, ota-onalardan farzandlari harbiy maktabda öqişi uçun 2 oy davomida pul yiğib kelingan.

Maktabga öğlini öqitiş uçun tölov qilgan ona Dildora Abduvohidovaning aytişiça, u maktab uçun 1 million 230 ming söm pul bergan.

«Qölimda çeki ham turibdi. Bu qonuniy yoki yöqligini bilmayman. Ular menga maktabda öşa paytda ta’mirlaş ketayotgani, 3 oktyabrdan maktab oçilişini aytişgan. Biz hammamiz kutdik. Bolalarimiz maktabga bormadi. Uyda ötirib, ta’limdan qoldi», — deydi ayol.

Yana bir ota bolasini Navoiydan körpa-töşagi bilan olib kelganini aytadi.

«Bizni soat 3ga çaqirişgan. Navoiy, Buxoro, Qaşqadaryo, Jizzax va Sirdaryodan odamlar kelib kutib turişibdi», — degan ota.

Ota-onalarning aytişiça, va’da qilingan öquv yili boşlanadigan kun harbiy maktab uçun oçilgan Telegram guruhi kiyim-keçak guruhiga aylanib qolgan.

«Bizga bergan telefon raqamlari ham öçirilgan körsatyapti», — deydi ayollardan biri.