AQŞ, Avstraliya, Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Bangladeş va Germaniya olimlaridan iborat xalqaro mutaxassislar guruhi “Iqlim özgarişi haqidagi hisobot”ning yangi versiyasini taqdim qilişdi.
Unda ta'kidlanişiça, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan iqlim özgarişi bilan boğliq tabiiy ofatlar, jumladan vayronkor toşqinlar, rekord darajadagi issiq harorat, kuçli dovullar va örmon yonğinlari soni misli körilmagan köp darajada oşgan.
2021 yil aprelida atmosferadagi karbonat angidrid miqdori bir millionga 416 qismni, ya'ni bir kubmetrga 416 mlnni taşkil qilgan. Bu esa kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori örtaça oylik körsatkiç hisoblanadi.
“Biz sayyoramiz tizimining marjonqoyalar, Amazonka örmonlari, Ğarbiy Antarktika va Grenlandiya muz qalqonlari kabi muhim elementlarida kritik nuqtalarga yaqinlaşayotganimiz yoki undan ötib ketganimizning tobora köproq isbotlari namoyon bölmoqda”, deb aytgan maqola yetakçi muallifi, ekologiya professori Uilyam Rippl.
Olimlar issiqxona gazlarining, ayniqsa metanning atmosferaga çiqarilişi hajmini keskin qisqartirişga, uglerodni saqlaş uçun strategik zaxiralarni yaratişga, ugleroddan foydalanganlik uçun tölov kiritişga, biologik turfa xillikni muhofaza qilişga çaqirişmoqda.
Ular iqlim körsatkiçlarining yil sayin tobora yomonlaşib borayotganini insoniyat Yerdan şafqatsizlarça foydalanişni davom ettirayotgani bilan boğlaşmoqda.












