Prezident mehribonlik uylari bitiruvçilarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimi yanada takomillaştirilişi, jumladan, 18 yoşga tölgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratilişini ma'lum qildi.

«Buning uçun, 757 nafar bolaga uy-joy sotib olişga joriy yilda budjetdan 120 milliard söm yönaltiriladi. Uning 50 foizi respublika, qolgan 50 foizi mahalliy budjetdan beriladi.

Viloyat hokimlari 1 oktyabrga qadar 757 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta'minlaydi. Bunday bitiruvçilarni uy-joy bilan ta'minlaş bilan hokimlar şu paytgaça şuğullanmagan, desak bu ayni haqiqat böladi.

Boş vazir hamda Boş prokurorning birinçi örinbosari boşçiligida komissiya tuzilib, mehrga muhtoj yoşlarga uy-joy berişni şaxsan nazoratga oladi.

Bir oy muddatda avval uy-joy ajratilgan deb körsatilgan 610 nafar yoşlar bilan ham birma-bir uçraşib, qöşimça uy-joyga ehtiyojini aniqlab, ularga joriy yilda ijara tölovlarini töliq kompensatsiya qilib beriş zarur», degan davlat rahbari.

Yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oşirilişi ma'lum qilindi. Ota-onasidan ajragan talabalarga pensiya tölaş muddati amaldagi 18 yoşdan 23 yoşgaça uzaytiriladi. Bu talabalarga zarur adabiyotlar sotib oliş uçun har yili bir marta 1,2 million söm subsidiya beriladi.

«Nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş va davolaşga doir islohotlarimiz jadal davom etadi. Bu maqsadlar uçun 1 avgustdan boşlab budjetdan qöşimça 100 milliard söm ajratiladi. Jumladan, 2 ming nafar bola uçun 10 milliard sömlik 4 mingta zamonaviy eşitiş vositalari xarid qilinadi. 615 nafar 5 yoşgaça kar-soqov va eşitişi zaif bolalarga 45 milliard sömlik eşitişga kömaklaşuvçi maxsus implantlar örnatiladi.

Tuğma yurak nuqsoni bor 2 ming nafar, boş miyada özgarişlari bor 1 ming nafar hamda harakat a'zolari kasalliklari böyiça 1,7 ming nafar bolalarda bepul jarrohlik operatsiyalari ötkaziladi, ularning 1 ming nafari protezlaş va boşqa zarur uskunalar bilan ta'minlanadi (bunga jami 30 milliard söm ajratiladi).

Şuningdek, joriy yilda harakatlanişi çeklangan 1 ming 100 nafar bolalar elektr kreslo-aravaçalar bilan ta'minlanadi (bunga 10 milliard söm).

Kelgusi 5 yilda yana 12 ming nafar nogironligi bölgan bolalar bu aravaçalar bilan ta'minlanadi. Bundan taşqari, yetim bolalar uçun xorijda ötkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari budjetdan töliq kompensatsiya qilinadi», – dedi davlat rahbari.