O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahsda Niderlandiyaga yutqazib, turnirni ilk bosqichdayoq tark etdi
O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda Niderlandiyaga yutqazib qo‘ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turida jamoaviy bahslar boshlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi ilk bosqichda 6ta vaznda Niderlandiyaga qarshi kurash olib bordi va 3:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.
To‘rtta jangdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Bekmurod Oltiboyev, Hikmatilloh To‘rayev va Gulnoza Matniyazova g‘alabaga erishdi.
Biroq ushbu Olimpiadada bronza medalga ega chiqqan Davlat Bobonov bu safar yutqazib qo‘ydi, so‘nggi bellashuvda esa Farangiz Hojiyeva ham raqibiga qarshilik ko‘rsata olmadi va hisob 3:3 ko‘rinishini oldi.
Hisob teng bo‘lib qolgach, +90 kg vaznda qo‘shimcha bellashuv bo‘lib o‘tdi va Oltiboyev ikkinchi jangda Grolga yutqazdi.
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Henk Grol (g‘alaba)
-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verhagen (mag‘lubiyat)
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Tornike Tsyakadoyea (g‘alaba)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke (g‘alaba)
-90 kg: Davlat Bobonov – Noyel van Tend (mag‘lubiyat)
+70 kg: Farangiz Hojiyeva – Gus Stinhaus (mag‘lubiyat)
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Henk Grol (mag‘lubiyat)
Shu tariqa, O‘zbekiston dzyudo jamoasi turnirni birgina bronza medal bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pxenyan yangi turdagi zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 18:01
-
Levi's®ʼning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
Jamiyat | 18:00
-
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 17:58
-
O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:40
Mavzuga oid

19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi

17:16 / 03.08.2024
Parij-2024, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy dasturni medalsiz yakunladi

20:52 / 02.08.2024