2021 yil fevral oyida transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev hamda Airbus International kompaniyasining Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Jak Garrig Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan işlab çiqariluvçi törtta vertolyot xaridi böyiça kelişuvga erişilgan edi.

Foto: Uzbekistan Airways

Ma'lum bölişiça, bu vertolyotlardan birinçisi 4 iyunda, ikkinçi 12 iyunda Özbekistonga yetib kelgan va şu kungaça rasmiylaştiriş jarayoni ötkazilgan.

Keltirilgan bu vertolyotlar H-125 modelda bölib, oktabr oyida yetib kelişi rejalaştirilayotgan H-130 modeldagi qolgan ikkita vertolyot birmunça yirikroq ölçamda böladi.

Foto: Uzbekistan Airways
Foto: Uzbekistan Airways

Bugun, 31 iyul kuni vertolyotlarning taqdimot marosimi bölib ötdi. Bu Özbekistonda fuqarolik aviatsiyasining yangi yönalişi oçilganidan darak beradi. Taqdimot marosimida boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov ham iştirok etdi.

Foto: Uzbekistan Airways