Ta'kidlanişiça, mamlakatning 78 foiz yer maydoni seysmik faol hududlarda joylaşgan bölib, MSK–64 yer şkalasi böyiça 6 va undan yuqori ballik yer silkinişlari doimiy ravişda sodir bölişi kuzatiladi.

Şu sababli mamlakat aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlaş, qonuniy asoslarini takomillaştiriş, mas'ul davlat organlarining vakolatlarini belgilaş hamda kuçli zilzilalarga tayyorgarlik köriş, ularning oqibatlarini bartaraf etiş aniq mexanizmlarini işlab çiqiş zarurati mavjud.

Bugungi kunda seysmik xavfsizlikni ta'minlaş sohasidagi munosabatlar 20 ga yaqin qonunosti hujjatlar bilan tarqoq holda tartibga solinadi va mazkur yönalişda amalga oşirilişi lozim bölgan barça tadbirlar qonunçilikda nazarda tutilmagan.

Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvçi huquqiy normalar töplami bugungi kunda yaqqol yetişmaydi.

Şu munosabat bilan “Özbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlaş töğrisida”gi qonun qabul qilinmoqda.

Qonun bilan seysmik xavfsizligi ta'minlanadigan obektlarning tasnifi hamda binolar va inşootlarning zilzilabardoşligini tekşiriş hamda monitoring qiliş tartibi belgilanmoqda.

Seysmik xavfsizlikni ta'minlaş obektlari ahamiyatiga köra 4 ta toifaga bölinmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Şuningdek, zilzilalarning sodir böliş ehtimolini aniqlaş tartibi belgilanmoqda; unga muvofiq, seysmik stansiyalarda ötkaziladigan kuzatuvlar böyiça prognoz natijalari har hafta idoralararo ekspert komissiyasi tomonidan tahlil qilinadi va sodir bölişi mumkin bölgan seysmik vaziyat haqidagi xulosalar Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Kuçli zilzila bölganda, talafot oqibatlarini bartaraf etiş, zarar körgan obektlarni tiklaş – davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari mablağlari va boşqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oşiriladi.