Zoirov va Abduraimov chorakfinalga chiqdi
Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov Tokio Olimpiadasidagi ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlab, chempionlikni himoya qilishda davom etdi.

-52 vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov nimchorak finalda Kabo-Verde vakili Varela Danielga ringga chiqdi. O‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligi ostida o‘tgan jang yakunida hakamlar uning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
Endi ushbu bokschi yarimfinalga chiqish uchun 3 avgust kuni filippinlik Karlo Palamga qarshi (u chorakfinalda jazoirlik Muhammad Fussidan ustun keldi) jang qiladi.
Avvalgi bosqichda Zoirov turkiyalik Botuxon Chifchini ustidan g‘alaba qozongandi.
-63 kg vazn toifasi vakili Elnur Abduraimov ham o‘zining ikkinchi jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nimchorak finalda unga tojikistonlik Bahodur Usmonov raqiblik qildi. Raundlardagi aniq va kuchli zarbalar yakunda hakamlarning baholarida aks etdi - 5:0. Shu tariqa, Elnur Abduraimov bu bellashuvni yaqqol ustunlik bilan yakunlab, chorakfinalga yo‘l oldi.
U endi 3 avgust kuni yarimfinal uchun armanistonlik Xovxannes Bachkov qarshiligini sindirishi kerak bo‘ladi.
Shu tariqa, Zoirov va Abduraimov O‘zbekiston boks jamoasining chorakfinalga yo‘l olgan to‘rtinchi va beshinchi vakillariga aylandi. Avvalroq Bobo-Usmon Boturov (-69 kg), Bahodir Jalolov (+91) va Rayhona Qodirova (-60 kg) bu ishni uddalagandi. Ammo Boturov chorakfinaldagi jangini o‘tkazib bo‘lgan va mag‘lubiyatga uchragan.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22
-
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda
Jahon | 23:00
-
Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni tarixdagi minimal darajaga yetdi
Jahon | 22:55
-
21 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:55
Mavzuga oid

04:22 / 14.08.2022
Boks. Zoirov 20-soniyadayoq raqibini nokautga uchratdi, G‘oibnazarovga 38 soniya yetarli bo‘ldi

17:26 / 31.10.2021
Boks. Shahobiddin Zoirovning jahon chempionatidagi yurishi nimchorakfinalda to‘xtadi

20:00 / 29.10.2021
Boks bo‘yicha JCh: Shahobiddin Zoirov va Madiyar Saidrahimov turnirni ishonchli boshladi

08:48 / 03.08.2021