1 avgust kuni Yozgi Olimpiadaning töqqizinçi kungi bahslari ötkaziladi. Ertangi bahslarda yana 5 nafar özbekistonlik sportçi 4 sport turi böyiça öz omadini sinab köradi.

Şu kuni yunon-rum kuraşi jamoasi turnirdagi iştirokini boşlaydi, -60 kg vazn toifasida Elmurat Tasmuradov va -130 kg vaznda Möminjon Abdullayev gilamga çiqadi. Yunon-rum kuraşi jamoasi Olimpiadaga tört sportçi bilan taşrif buyurgan - Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) va Rustam Assakalov (-87 kg) keyingi kunlarda çiqiş qiladi.

Özbekiston boks jamoasi yetakçisi Bahodir Jalolov çorakfinalda çiqiş qiladi, u bu jangda ğalaba qozonsa delegatsiyaga navbatdagi medalni naqd qiladi - boksda yarimfinalga çiqqanlar kamida bronza olişi aniq böladi.

Şuningdek, yengil atletikaçi Darya Rezniçenko uzunlikka sakraş böyiça musobaqalarda iştirok etadi, oğir atletikaçi Kumuşxon Fayzullayeva (-67 kg) medal olişga harakat qiladi.

1 avgust kuni bahslarga kirişadigan sportçilar röyxati va bellaşuvlarning boşlaniş vaqti (Toşkent vaqti bilan):
5:50. Yengil atletika. Uzunlikka sakraş. Darya Rezniçenko;

7:05. Yunon-rum kuraşi. -60 kg. Elmurat Tasmuradov nimçorak finalda asli özbekistonlik, Ukraina vakili Lenur Temirovga qarşi;

7:15. Yunon-rum kuraşi. -130 kg Möminjon Abdullayev nimçorak finalda estoniyalik Artur Vititinga qarşi;

9:05. Boks. Bahodir Jalolov yarimfinal yöllanmasi uçun hindistonlik Satiş Kumarga qarşi;

15:50. Oğir atletika. -76 kg. Kumuşxon Fayzullayeva.

Özbekiston delegatsiyasi Olimpiadaning sakkizinçi kunini ham medalsiz yakunladi. 31 iyul kuni aralaş jamoaviy bellaşuvlar ötkazildi. Dastlabki bosqiçda özbekistonlik sportçilarga Niderlandiya terma jamoasi töqnaş keldi. Bellaşuvlar Bekmurod Oltiboyevning (+90 kg) işonçli ğalabasi bilan boşlangandi va tört jangdan keyin özbekistonliklar 3:1 hisobida oldinda edi, beşinçi jangga kelib Davlat Bobonov masalani hal qilişi mumkin edi, biroq u kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi.

Asosiy bahslarda hisob durang bölgaç (3:3), qöşimça jang ötkazildi, ammo Bekmurod Oltiboyev bu safar raqibini taslim qila olmadi: Özbekiston vakili uçta şido olgaç, Niderlandiyaga ğalaba yozildi. Şu tariqa özbekistonlik dzyudoçilarning Olimpiadadagi iştirokiga rasman yakun yasaldi.