Özbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasida yana bir oltin medalni qölga kiritdi.
109 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan oğir atletikaçi dast kötariş (193 kg) va siltab kötariş (237 kg) maşqlarida jami 430 kg.ni öziga böysundirib, Olimpiada çempioniga aylandi.
U dast kötariş maşqida 193 kg natija qayd etdi, asosiy raqobatçisi, armanistonlik Simon Martirosyan esa 195 kg natija bilan birinçi böldi.
Siltab kötarişda Jörayev dastlab 227 kg toşni öziga böysundirdi, armanistonlik atlet esa 228 kg.ni kötarib, farqni yana bittaga oşirdi. Şundan söng Jörayev 234 kg.ga buyurtma berdi, ammo birinçi urinişda maqsadiga erişa olmadi. Uçinçi urinişda esa murabbiylar 237 kg buyurtma qildi va Jörayev bu vazifani uddaladi. Martirosyan esa ikkinçi va uçinçi urinişlarda 238 kg toşni kötara olmasdan, jami 423 kg natija bilan ikkinçi örinda qoldi. Uçinçi örinni 410 kg natija körsatgan latviyalik Arturs Plesniks egalladi.
E'tiborli jihati, Jörayev siltab kötariş (237 kg) va umumiy körsatkiç böyiça Olimpiada rekordini ham örnatdi.
Bu Özbekiston delegatsiyasi uçun Tokio Olimpiadasidagi uçinçi medal böldi. Bungaça taekvondoçi Uluğbek Raşidov oltin, dzyudoçi Davlat Bobonov bronza medalga ega çiqqandi. Endilikda Özbekiston umumiy reytingda Gretsiya bilan 27-28-örinlarni bölişib turibdi.












