Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi öpirilib tuşdi. Bu haqda Telegram'dagi “Bukhara info” kanalida xabar berildi.
Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan rasmiy ma'lumotga köra, köp yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yoğingarçiliklar va yer osti suvlarining kötarilişi) ta'sirida joriy yilning 30 iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir bölagi öpirilib tuşgan.
Qayd etilişiça, holat böyiça Madaniy meros agentligining viloyat boşqarmasi, Buxoro şahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat işçi guruh tuzilib, joyida örganiş ötkazildi.
“Şunga köra, tezkor çora-tadbirlar belgilanib, Respublika Madaniy meros agentligidan vakillar jalb qilindi va “Abdullaxon” madrasasining orqa qismi devorining öpirilib tuşgan bölagini belgilangan tartibda tegişli loyiha asosida qayta tiklaş va zaruriy restavratsiya işlarini taşkil etiş işlari boşlandi.
Şu bilan birga, Buxoroda texnogen jarayonlar oqibatida nuraşi, yemirilişi va qulab tuşişi ehtimoli yuqori bölgan 40ta madaniy meros obektining umumbaşariy qiymatini saqlaş, ularda tiklaş, restavratsiya va ta'mirlaş işlarini amalga oşiriş böyiça olimlar, restavratorlar va malakali mutaxassislar tomonidan örganişlar ötkazilgan holda zarur çora-tadbirlar belgilanişi haqida hukumatga aniq takliflar yuborildi”, deyiladi ma'lumotda.
Bundan taşqari, holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan suriştiruv işlari ham olib borilayotgani aytilgan.

Ma'lumot uçun, uşbu me'moriy obida Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Madrasa Buxoro xonligidagi eng yirik ma'rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilişi örta asrlarning sönggi davrida, ya'ni 1588-1590-yillarga töğri keladi.
Me'moriy obidaning qurilişida xom va pişgan ğişt, loy, taxta, maxsus “qir” qotişmasi va şu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Hovli atrofini ikki oşyonli hujralar örab turadi. Har ikki tomonida baland peştoq joylaşgan. Peştoqlar orqali içkari xonalar va xonaqohga ötiladi. Madrasaning katta peştoqi janubga qaragan. Peştoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan ötib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.












