Qirğiziston davlat milliy xavfsizlik qömitasi tergov guruhi sobiq boş vazir Temir Sariyevni qölga oldi. Bu haqda Kabar agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, u “Qumtor” oltin koni işi böyiça uşlangan.
Agentlikning yozişiça, tergov Sariyev iqtisodiyot vaziri va tegişli davlat komissiyasi raisi bölgan vaqtida “Qumtor” koni faoliyatining ekologik zararini bir neça milliard somga kamaytirib körsatganini aniqlagan.
Avvalroq “Qumtor” oltin koni işi böyiça söroqda qatnaşiş uçun Qirğizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Rossiyadan Bişkekka kelgandi.
17 may kuni Davlat milliy xavfsizlik qömitasi “Qumtor” konini özlaştiriş bilan şuğullangan “Kumtor Gold Kompani” korxonasi vakillariga nisbatan 4 ta jinoiy iş qözğatgandi. Qamçibek Toşiyevning ta'kidlaşiça, uşbu iş doirasida xavfli moddalar bilan muomala qiliş qoidalarini buziş, tuproq va atmosferani ifloslantiriş, muzliklarni yöq qiliş, suğurta va soliq qonunbuzarliklari bilan boğliq holatlar tergov qilinmoqda.
May oyi oxirida sobiq boş vazir Omurbek Babanov va parlamentning sobiq raisi Asilbek Jeenbekov mazkur iş doirasida hibsga olingandi.
Iyun boşlarida esa prezident ma'muriyatining sobiq rahbari Daniyar Narimbayev va sobiq boş vazir örinbosari Almazbek Baatirbekov hibsga olindi.
“Qumtor” konini özlaştiriş bilan 1990-yillar boşidan beri Kanadaning “Centerra Gold Inc.” korporatsiyasi şuğullanib keladi. Korporatsiyaning Qirğiziston hukumati bilan tuzgan kelişuviga asosan konni özlaştiriş maqsadida “Kumtor Gold Kompani” korxonasi taşkil etilgan.
Ma'lumotlarga köra, 2020 yilda Qumtordan 17 tonnadan köproq oltin olingan.












