Samarqand viloyatida özini Milliy gvardiya xodimi deb taniştirib, 3500 AQŞ dollari evaziga fuqaroning öqişini Qirğizistondan köçirtirib bermoqçi bölgan şaxs qölga olingan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyati boşqarmasi DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda fuqaro R.Y. qölga olingan.
Qayd etilişiça, R.Y. fuqaro M.ga özini Milliy gvardiya xodimi deb taniştirib, uning Qirğiziston Respublikasi, Jalolobod şahrida joylaşgan Zamanbap El Aralik universitetidagi öqişini Samarqand davlat universitetiga köçirib beriş evaziga 3 500 dollar olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, prokuraturaga yuborilgan.
Samarqandda fuqaroni öqişga kiritib qöyişini aytib 2700 dollar olgan şaxs uşlandi











