Koronavirus hamda vaksinalarga doir eng yangi ma'lumotlarni birinçi qöldan biliş imkoniyatini beruvçi Health Buddy+ boti Özbekistonda ham iş boşladi. Soğliqni saqlaş vazirligi UNICEF va JSST bilan hamkorlikda COVID-19 böyiça tasdiqlangan ma'lumotlar bilan öz vaqtida tanişiş imkonini beruvçi Health Buddy+ çat botini Özbekistonda işga tuşirdi.

«Notöğri ma'lumotlarni tarqatiş – bu COVID-19’ga qarşi kuraşdagi eng katta muammolardan biri. Aniq va tasdiqlangan ma'lumotlarga ega böliş imkonini beradigan uşbu vosita undan foydalanuvçilarga COVID-19 haqida xabardor bölişga hamda virus va COVID-19 vaksinalari haqidagi miş-mişlarga işonmasliklariga yordam beradi deb umid qilamiz», – degan Özbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliğining örinbosari Nurmat Otabekov.

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi hamda UNICEF vakolatxonasi tomonidan işlab çiqilgan Health Buddy+ mintaqadagi mamlakatlarga COVID-19 töğrisidagi dalillarga asoslangan axborot bilan tanişiş hamda miş-mişlar va notöğri ma'lumotlar haqida xabar berişda faol iştirok etiş imkonini taqdim etiş maqsadida işlab çiqilgan. U Yevropa va Markaziy Osiyo malakatlarining mahalliy tillarida tayorlangan.

«Health Buddy+ Özbekistonda işga tuşirilişi koronavirus va unga qarşi vaksinalar töğrisida işonçli manbalarni taqdim etiş orqali bu mavzu atrofida tarqalayotgan notöğri ma'lumotlar tarqalişini bartaraf etiş va şu yöl bilan COVID-19’ga qarşi çoralar samaradorligini oşirişga yordam beradigan yana bir muhim bosqiçdir», – degan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens.

«Health Buddy+ çat boti foydalanuvçilarning ularni qiziqtirgan savollariga maksimal darajada javob berişga möljallangan. Agar javob bölmasa, mutaxassislar guruhi uşbu savol böyiça yangi ma'lumotlar paydo bölişi bilanoq çat botdagi ma'lumotlarni yangilaydilar. Health Buddy+ jamoalarga COVID-19 haqida aniq, foydalanuvçilar uçun qulay şakldagi ma'lumotlarni taqdim etib, qaror qabul qilişda yordam beradigan vosita böladi, deb umid qilamiz. Oxir-oqibat, bu jamoalarga oilalar hamda bolalarni pandemiya paytida va undan keyin COVID-19, şuningdek vaksinalar töğrisida notöğri ma'lumotlardan himoya qilişga yordam berişi mumkin», – dedi UNICEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Çat bot pandemiya bilan boğliq turli mavzulardagi, jumladan COVID-19 simptomlari, yuqiş yöllari, niqobdan foydalaniş, jismoniy masofa saqlaş, ruhiy salomatlik va vaksinani işlab çiqiş böyiça ma'lumotlarni töplaydi. Virus va u bilan kuraş borasidagi yangi ma'lumotlar çat botda doimiy ravişda yangilanib boradi.