Amudaryo tumanidagi Qipçoq şaharçasidagi “Hoji eşon bobo” jome' masjidi binosi qurilişi boşlandi. Şu munosabat bilan şaharçada masjidga tamal toşi qöyiş marosimi ötkazildi. Unda Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Baxtjon Habibullayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Qoziyati qozisi Şamsuddin Bahouddinov va tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev iştirok etgan.

“Hoji eşon bobo” jome' masjidi ham katta yöl yoqasida joylaşgan. Hudud mahalliy yölovçilarning ibodatlarini ado etib olişlari uçun qulay joy hisoblanadi. Masjidning eski binosi 1989 yilda qurilgan. 1-2 bölmadan iborat bu inşoot hozirgi kun talabiga javob bermaydi. Şu bois, 6 sotixdan ortiq maydonda haşar yöli bilan tadbirkorlar va xayriya qiluvçilarning homiylik yordami hisobiga qurilayotgan yangi masjid 1000 kişini siğdira oladigan katta xonaqoh, namozxona, tahoratxona, qöşimça ma'muriy xonalardan iborat bölişi rejalaştirilgan.

Qöşimça 80 sotix yer maydonida esa obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş maqsadida ignabargli, manzarali daraxtlar, butalar va gullar ekilişi, yaşil maysalar bilan qoplanişi közda tutilgan.

Şuningdek, taxminiy qiymati 3,5 mlrd sömga yaqin bölgan loyihaga köra, qurilayotgan uşbu yangi binoni tabiiy gaz va elektr, aloqa tarmoqlariga ulaş, ibodatçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş ham közda tutilmoqda.

Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlaştiriş işlarini samarali taşkil etiş töğrisida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida yana