Farğona viloyatida ham 5 avgust kunidan e'tiboran oliy ta'lim muassasalariga kiriş uçun joylarda test sinovlari boşlandi.
DTM imtihonlari 4 ta sektorda (joyda) ötkazilişi belgilandi. Jami 149 ta guruh törtga bölingan holda test jarayonlari olib borilmoqda.
1-sektor – Farğona davlat universiteti stadionida (1-50 guruhlar), 2-sektor – Farğona şahri Qirguli mavzesi, Marğilon köçasidagi «Neftçi» stadionida, 3-sektor – Marğilon şahri, 2-son bolalar va ösmirlar sport maktabi stadionida hamda 4-sektor – Söx tumani “Ravon” MFYdagi 1-sonli maktab stadionida bölib ötmoqda.
DTM ma'lumotiga köra, 2021/22 öquv yili qabulida Farğona viloyatidagi oliygohlarga öqişga kiriş uçun 61 261 nafar abituriyent onlayn röyxatdan ötgan.
Kun.uz muxbiri Farğona davlat universiteti stadionida bölib ötayotgan test sinovi jarayonidan fotosuratlar va videoreportaj taqdim etadi.
























