Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida yigit bilan qiz örtasida özaro kelişuv asosida işqiy munosabatlar bölib ötgan. Oradan vaqt ötib qiz yigitga qönğiroq qilgan va 1,5 million söm miqdorida pullarni bermasa uni içki işlar organlariga yozib berişini hamda oilasiga aytib şarmanda qilişini aytgan.

Şundan söng yigit ayolning jinoiy faoliyatiga çek qöyiş uçun Samarqand şahri böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan va unga qonuniy çora körişni söragan.

Qayd etilişiça, mazkur arizaga asosan Samarqand şahar Mirzo Uluğbek köçasida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda pul talab qilgan ayol ariza muallifidan 1,5 million söm miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Dastlabki suriştiruvda, Kattaqörğon tumani Moybuloq qişloğida yaşovçi uşbu ayol avval ham bir neça marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan aybdor deb topilgani aniqlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.