Samarqand şahrida tanişining suratlarini internetda tarqatiş bilan qörqitib, undan pul talab qilgan şaxsga jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 2 aprel kuni Samarqand şahri böyiça IIO FMBga A. ismli şaxs ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida Samarqand şahar Taraqqiyot köçasida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan tanişi F.V. uning rasmlarini internet tarmoği orqali tarqatib şarmanda qiliş bilan qörqitayotganini bayon qilgan.

U, F.B. suratlarni tarqatmasligi evaziga undan 400 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni tovlamaçilik yöli bilan talab qilib kelayotganini bildirgan.

Arizaga asosan, 2021 yil 2 aprel kuni Samarqand şahri böyiça IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilib, F.V. ariza muallifidan 400 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamaçilik) 1-qismi jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov işlari olib borilmoqda.