Tokio-2020 yozgi Olimpiya öyinlarida iştirok etişi natijasida Özbekiston Yengil atletika federatsiyasi köp yillar mobaynida ilk marotaba ayollar örtasidagi yettikuraş böyiça özining pozitsiyalarini yaxşilaşga erişdi. Yengil atletikaçi Yekaterina Voronina 6 298 oçko töplagan holda dunyoning 12 ta eng kuçli yettikuraşçisi örtasida 12-örinni egalladi.

Markaziy, Janubiy-Ğarbiy va Janubiy Osiyo mintaqasidan iştirok etgan yagona vakil Yekaterina Voronina Özbekistonning bölajak yettikuraşçilari uçun eşik oçganday bölib, 24 jahon sportçilaridan taşkil topgan olimpik reyting markazidan joy egalladi.

Tokiodagi Olimpiadada yettita yönaliş böyiça ikki kun kuraş olib borib Yekaterina yuguriş turlarida uçta şaxsiy rekordini örnatdi: yuz metrga tösiqlar oşa yuguriş, undan söng natijasini 14,27 soniyaga oşirgan holda, 14,19 soniyada uddaladi, 24,85 soniya örniga 200 metrni 24,67 soniya içida yugurib ötdi va 800 metrga yugurişda 2:09.73 daqiqa natija bilan finişga yetib keldi. 2020 yilning oxirida olingan yelka jarohati Voroninaning Olimpiya öyinlarida zaif joyi bölib, u nayza va yadro uloqtirişda yuqori natijalarni körsatişga imkoniyat bermadi, bu esa umumiy oçko pasayişiga olib keldi. Zöraki maşqlarning kamaytirilişi va Yengil atletika federatsiyasi tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, yelka böğimining harakatçanligi va bukiluvçanligi olimpiadaning boşlaniş paytigaça hali butunlay tiklanmagan edi.

Yekaterinaning ta'kidlaşiça, yengil atletikaning yettikuraş kabi maşaqqatli va köp quvvat sarflanadigan turida jarohatlar bölişi tabiiy. Zarur bölgan psixologik kayfiyat, öz işiga bölgan muhabbat hamda muntazam ravişda işlaş,  özingizni takomillaştiriş istagisiz esa iş ança qiyinroq amalga oşadi.

«Men uçun yettikuraşda iştirok etiş – bu öz ustimdan ğalaba qozoniş degani. Men deyarli har doim natijalarimdan qoniqmayman, hattoki şaxsiy yuqori natijani körsatganimda ham, doimo salbiy taraflarini va nyuanslarini qidiraman. Ehtimol, hayotimdagi eng asosiy jumlalardan biri bu - "Men yaxşiroq qila olaman va men yaxşiroq natija bölişini istayman", — deb örtoqlaşdi Yekaterina. — Olimpiya öyinlarida ğalaba qozonib, barça mavjud jahon rekordlarini örnatganimda ham, özimga bu hali çegarasi emas, deb gapirsam kerak. Men özimdan doim köproğini talab qilaman. Va uşbu köpkuraşdagi asosiy raqibim – men özim. Köpkuraş meni yanada kuçliroq qiladi».

Yengil atletikada özining professional yölini nayza uloqtirişdan boşlagan Yekaterina, sportçilar uçun ança keç hisoblangan 18 yoşda, qiziqişini köpkuraş tarafga yönaltirib, ön kuraş böyiça tajribali sportçi Pavel Andreyev bilan maşq qilişni boşladi. Jamoada işlaşni boşlagandan atigi uç yildan söng u mukofotli örinlarni egallaşni boşladi. 2013 yilda Puna (Hindiston) şahridagi Osiyo çempionatida yettikuraşda kumuş medalni qölga kiritadi, 2014 yilda Inçondagi (Janubiy Koreya) XVII yozgi Osiyo öyinlarida çempion unvoniga ega böladi, 2015 yilda esa Uhan (Xitoy) şahridagi yettikuraşda Osiyo çempioniga aylanadi. 2019 yilda Dohadagi (Qatar) Osiyo çempionatida birinçi örinni egallagan holda, sözsiz yetakçi böldi. Xuddi öşa 2019 yilda va yana öşa Doha (Qatar) şahrida ötkazilgan yettikuraş böyiça jahon çempionati Yekaterinaga dunyoning eng kuçli yengil atletikaçilari – yettikuraşçilari orasida 10-örinni olib keldi va Tokio-2020 Olimpiada öyinlarida iştirok etişi uçun uning baxtli çiptasiga aylandi.