Litva hukumati Tayvanga mamlakatda öz vakolatxonasini oçişga ruxsat berganidan söng Xitoy Vilnyusdagi elçisini çaqirtirib olişga qaror qildi. Bu haqda Xitoy TIV bayonotida aytilmoqda.

«Litva hukumati Xitoyning köp martalik diplomatik taqdimnomalariga qaramasdan Tayvan ma'muriyatiga «Tayvan» nomidan «vakolatxona» oçişga ruxsat berdi», — deyiladi bayonotda.

Xitoy bu qadamni «ikki mamlakat örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisidagi kommyunike tamoyillarining qöpol buzilişi» deb hisoblaydi.

Qöşimça qilinişiça, Litvaning qarori «Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy zarar yetkazdi».

Xitoy hukumati Litvadan öz elçisini çaqirtirib oliş va Tayvan böyiça qarorini bekor qilişni talab qilgan.

«Biz şuningdek, Tayvan hukumatini «Tayvan mustaqilligi» — bu boşi berk köça ekanligi va xalqaro maydonda ayirmaçilik faoliyati bilan qatnaşiş muvaffaqiyat keltirmasligi töğrisida ogohlantiramiz», — deyiladi Xitoy TIV bayonotida.