Şaxsi oşkor etilmagan erkak 25 iyul kuni kasallikka çalingan va 2 avgust kuni Gvineyaning Liberiya va Serr-Leone bilan çegara hududidagi Gukedu şahri yaqinidagi qişloqda vafot etgan. Uni bezgakka qarşi davolaşgan, Ebola uçun olingan test manfiy natija körsatgandi. Ölimidan keyingi tahlillar uning organizmida Marburg virusi bölganini körsatgan.
Marburg kasalligi ilk marta Germaniyaning şu nomli şahrida 1967 yilda aniqlangan. Öşanda Marburgdagi kiçik laboratoriya xodimlarini qandaydir notaniş epidemiya qamrab olgandi. Tekşirişlarda virus laboratoriyaga Ugandadan tajriba uçun olib kelingan yaşil martişka orqali kirib kelgani ma'lum bölgan. Infeksiya bilan 31 kasallaniş holati va 7 ölim holati qayd etilgan.
Keyinroq uşbu kasallik Sudan, Keniya, Angola, Uganda, JAR va Kongo Demokratik Respublikasi hududlarida tarqalişi kuzatilgan. Hozirgi holat - Ğarbiy Afrikada ilk holat.
Marburg laboratoriyasida virus epidemiyasi ilk marta qayd etilganda unga çalinganlarning 24 foizi vafot etgandi. Lekin aynan şu virusning 1998–2000 yillarda Kongoda avj olgan epidemiyasida ölim darajasi 80 foizdan oşgan. Şunga yaqin dahşatli körsatkiç 2005 yilda Angolada ham qayd etilgan.
Marburg virusi köp jihatdan Ebolaga öxşaydi. Unda odam tanasida juda kuçli zöriqiş va isitma yuzaga keladi. Virus ovqat hazm qiliş tizimi va markaziy asab tizimiga kuçli ta'sir qiladi, davolaniş jarayoni juda oğir keçadi. Ilk alomatlar - yuqori isitma, kuçli boş oğriği va holsizlaniş. Tana a'zolaridan qon ketişi kuzatilişi mumkin. Oğir hollarda içki organlar birin-ketin işdan çiqadi va organizm kuçli şok holatidan ölimga yuz tutadi.
Uşbu infeksiyaning asosiy taşuvçisi körşapalaklar hisoblanadi. Ğorlarga yoki körşapalaklar koloniyasiga aylangan taşlab ketilgan toğ konlarga taşrif buyurilganda virus yuqtirib oliş ehtimoli yuqori böladi.
Marburg virusi insondan insonga havo-tomçi yöli orqali, şuningdek, organizm ajratmalari va yaqin kontakt orqali yuqadi.
Hozirça «nolinçi patsiyent» yana kimgadir virus yuqtirgani ma'lum emas. Lekin şunday bölişi ehtimoli yuqori, çunki Gukeduda har yakşanba kuni katta bozor böladi.
JSST duşanba kuni xavf darajasini Ğarbiy Afrika uçun yuqori, dunyoning qolgan qismi uçun past deb baholadi.
Xavotirli xabar Gvineyada şu yilning fevralida qayta avj olgan va 12 kişini hayotdan olib ketgan Ebola ustidan ğalabaga erişilganidan ikki oy vaqt ötib paydo böldi.












