“Matritsa” filmida virtual dunyodagi insonlarni qutqarish uchun real dunyodan tashrif buyurgan xaloskorlar dushman ta'qibiga uchrab, ilojsiz ahvolda qolganida telefon go‘shagi orqali real dunyoga qochib qutulish sahnasi bir necha bor takrorlanadi.
Bugungi jamiyatimizda ham telefon go‘shagi orqali istalgan ta'qibdan qochib keta oladigan “qahramonlar” yetarlicha topiladi.
Xususan, “Malibu” haydovchilari bilan bog‘liq voqealar aks etgan ikkita videolavha yo‘l harakati xavfsizligi tizimidagi “kasallik”ni oshkor qilib tashladi.
Birinchi lavhadagi holat bo‘yicha tezkorlik bilan munosabat bildirgan ichki ishlar organlari ikkinchi videodagi holat yuzasidan salkam bir hafta o‘tibdiki, jimlik saqlashmoqda.
2021 yil 2 avgust. Olmaliqda YPX xodimi “yuqoridan kelgan” buyruq bilan qoidabuzar haydovchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati shu kunning o‘zida, aniqrog‘i bir necha soat ichida holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi. Unda voqea 28 iyul kuni bo‘lgani, YPX xodimi “O‘zbektemiryo‘lmashta'mir” UK avtomobili haydovchisini xavfsizlik kamaridan foydalanmagani uchun to‘xtatgani, shu jarayonda haydovchiga bayonnoma rasmiylashtirilgani, qoidabuzarni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rilgani bayon qilindi.
2021 yil 3 avgust. YPX xodimi qizil rangdagi “Malibu” avtomobilini haydovchi harakat vaqtida telefondan foydalangani uchun to‘xtatadi. Inspektor haydovchiga holat bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilishini bildiradi. Haydovchi esa qoida buzmaganini aytib, bayonnoma tuzilishiga e'tiroz bildiradi. Oradan bir muddat o‘tib, haydovchi ayol o‘z telefonini YPX xodimiga tutqazadi. Telefonda gaplashish jarayonida YPX xodimining “popugi pasayadi”. Avvaliga jarima rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan xodim telefondagi suhbatdan so‘ng, haydovchiga ogohlantirish berish bilan















