Bundan bir neça kuni avval ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati moliya boşqarmasi boşliği Fayzulla Yusupov Zoom orqali ötkazgan yiğilişida Koson tumani moliya bölimi rahbari Ş.Safarovni haqorat qilgan audioyozuvi tarqaldi. Şundan söng viloyat hokimining birinçi örinbosari N.Erkayev rahbarligida va Ş.Safarov iştirokida F.Yusupovning xatti-harakatlari muhokama qilingan. Muhokama davomida F.Yusupov iş faoliyatida xodimlarga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilgan holda munosabatda böliş hamda masalalarni qonun doirasida körib çiqiş yuzasidan qat'iy ogohlantirilgan.

Bundan taşqari, bu kabi holatlar viloyatning boşqa taşkilotlari rahbarlari iş faoliyatida qaytarilişining oldini oliş hamda rahbarlarning mas'uliyatini oşiriş maqsadida viloyat moliya boşqarmasi boşliği F.Yusupovning mas'uliyatini körib çiqiş yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Şundan söng mazkur masala böyiça Moliya vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Munosabatda F.Yusupovning xatti-harakatlari vazirlik axloq masalalari böyiça işçi guruhi tomonidan körib çiqilişini va tegişli takliflar viloyat hokimligiga kiritilişini ma'lum qilgandi.
Qayd etilişiça, viloyat hokimligi tomonidan F.Yusupovning xatti-harakatlari örganilib, qaror qabul qilingan. Unga köra, Fayzulla Yusupovga odob-axloq qoidalariga rioya etmaganligi, xodimlariga qöpol munosabatda bölganligi uçun Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 181-moddasining birinçi bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.












