Abdulaziz Komilov koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Sardor Umurzoqov va Bobur Bekmurodov ham Moderna’ning birinchi dozasini oldi
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov xabar qildi.
«So‘nggi vaqtda menga Vazir vaksina olganmi degan savol bilan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda. Shuni ma'lum qilamanki, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan», deb yozadi TIV rasmiysi.
Shuningdek, Yusuf Qobiljonov pandemiyani to‘xtatish uchun barchani vaksina olishga chorlab qolishini bildirgan va Komilovning vaksina olganidan keyingi rasmini ilova qilgan.
9 avgust kuni O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida idora rahbariyati va xodimlarini emlash tadbirlari boshlangani, vazir Sardor Umurzoqov koronavirusga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlangani xabar qilingandi.
12 avgust kuni «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Moderna vaksinasining birinchi dozasi bilan emlangani ma'lum qilindi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma'lum qilingandi. Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilishicha, prezident mas'uliyatli fuqaro sifatida, o‘sha vaqtda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan uch vaksina - ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va «Sputnik V» vaksinalaridan biri bilan to‘liq emlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham joriy yilning boshida ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangani ma'lum qilingan edi.
Iyun-iyul oylari davomida ko‘plab amaldorlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qilish kampaniyasida ishtirok etgan, xususan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ham emlangandi. Bundan tashqari, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin (Sputnik V), Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov (o‘zbek-xitoy vaksinasi), Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov (o‘zbek-xitoy vaksinasi), madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov (Sputnik V), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov (Sputnik V), Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev (o‘zbek-xitoy vaksinasi), Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov (Sputnik V) hamda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovning vaksina olish jarayonida olingan suratlari e'lon qilingandi. Shuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyeva 2021 yilning may—iyun oylarida «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangani ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024