Virus tarqatuvçisi Gangalin okrugida yaşovçi 20 yoşli yigit bölgan. Uning 8 avgustda koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqan. Şahar boş sanitar şifokori Kerrin Koulman yigit bilan muloqotda bölgan yana 3 erkakda virus aniqlanganini ma'lum qilgan.
Hukumatning ta'kidlaşiça, virusning yangi avj olişi Avstraliya oxirgi 12 oy içida töqnaş kelgan eng jiddiy vaziyat bölişi mumkin. Ma'lumotlarga köra, Avstraliyada oxirgi kasallaniş holati 105 kun avval, Kanberrada esa bir yildan köproq vaqt oldin yuz bergan.
Şu sababli 12 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 17da Kanberrada bir haftalik karantin kiritişga qaror qilingan.












