Bugun, 13 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida XXXII yozgi olimpiada öyinlarining iştirokçi va ğoliblari, ularning ota-onalari hamda murabbiylarini taqdirlaş marosimi bölib ötmoqda. Tadbirda sport gimnastikaçi Oksana Çusovitinaning sportdagi şon-şuhratiga ham alohida töxtalindi.
«Biz hammamiz yaxşi bilamiz, u ilk Olimpiada öyinlaridagi iştirokini 1992 yili Barselonada boşlagan edi. Şundan buyon u tanaffussiz sakkiz marta Olimpiada öyinlarida iştirok etdi. Bu haqiqatan ham Ginnes rekordlar kitobiga kirgan dunyo sporti tarixidagi ulkan hodisadir.
Oksana Aleksandrovnaning Tokio Olimpiadasidagi navbatdagi iştiroki muhim voqea sifatida e'tirof etildi. Dunyo jamoatçiligi Oksananing öziga qat'iy işonçini namoyon qilgan har bir çiqişini hayrat va havas bilan tölqinlanib kuzatib bordi.
Biz bunday afsonaviy sportçilarimiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz. Uning jasorati, ğalabaga bölgan intilişi yoş sportçilar uçun öziga xos yuksak natijalar va şon-şuhrat maktabi bölib xizmat qiladi.
Oksana Çusovitinaning kelgusi murabbiylik faoliyatiga omad tilab, uning sport olamidagi katta tajribasi bölajak çempionlarni tarbiyalaşga hissa qöşişiga işonamiz», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident boksçi Bahodir Jalolovning ğalabasiga ham töxtaldi.
«Yengilmas boksçimiz ötgan vaqt davomida öz ustida tinimsiz işlab, yoşlarga namuna böldi. Bahodir aziz onasiga, xalqimizga bergan va'dasining ustidan çiqib, Vatanimizga uçinçi oltin medalni tuhfa qildi.
Öylaymanki, qişloqdoşlaring, döstlaring, ukalaring uçun katta maktab yaratiş vaqti-soati keldi. Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini taşkil etamiz», dedi u.
Prezident marosim davomida Vazirlar Mahkamasiga Oksana Çusovitina va Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi taşkil etiş hamda bu maktablarning faoliyati uçun barça şaroitlar yaratilişi böyiça topşiriq berdi.
Ma'lumot uçun, Oksana Çusovitina 2017 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan, 2020 yilda «Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.












