Kun.uz til örganuvçilar uçun eng muhim tavsiyalar, bu borada köpçilik uçun umumiy bölgan muammolar hamda ularni yengib ötiş haqida xorijiy tillar mutaxassisi Azamat Akbarov bilan intervyu uyuştirdi.

— Öz ona tilidan taşqari bir yoki bir neça tilni örganiş insonga nima beradi?

 Özbekistonda bu masalaga nega köp e’tibor qaratilyapti?

— Dunyo rivojlanyapti. Sun’iy çegaralar olib taşlanyapti. Insonlarda dunyoni, uning ilmlarini örganişga qiziqiş ortyapti. Iqtisodiyotlar rivojlanyapti. Albatta, Özbekiston ham bu jarayonlardan çetda emas. Bizga ham millionlab mehmonlar, sayohatçilar kelmoqda. Ayni mana şular ham Özbekistonda til örganişni dolzarb masalaga aylantirmoqda.

Dunyo millatlari va insonlarning öziga xos madaniyati, urf-odatlari bor. Til örganiş esa insonni boşqa madaniyatlar bilan ham yaqinlaştiradi.

— Deylik, biror xorijiy tilni örganişga iştiyoq juda kuçli. U işni nimadan boşlaşi kerak?

— Til örganişda eng asosiysi xohiş, istak va ilk qadamni taşlaş. Afsuski, köpçilikda ilk qadamni taşlaş omilini qörquv omili yengib ketaveradi. Bu bizning tarbiyamiz bilan ham boğliq jihat.

Farzandlarimizga yoşligidan kattalar ötirgan davrada gapirmaslikni, fikrini aytmaslik vahokazolarni örgatamiz. Ularni doim qoliplar bilan çegaralaymiz.

Bola mana şunday tösiqlar bilan katta bölar ekan, uning öziga bölgan işonçi sust böladi. Qaror qabul qiliş, mustaqil taşabbuslarga qadam qöyişga qiynaladi. Bu bolani tanqidiy va tahliliy fikrlaşdan tösuvçi katta tösiq.

Biz tarbiya berişdagi mana şu uslublarni özgartirişimiz kerak.

Yevropa va Janubiy Koreyada yoş bolalarni xato qilişga örgatişadi. Tilda ham şunday. Qança köp xato qilsangiz, şunça rivojlanişga xizmat qiladi.

Menga öqituvçilarning bola tilni örganolmayapti degan fikri ma’qul kelmaydi. Til – abstrak tuşunça. Xöş, bola tilni nimasini özlaştirolmaydi? Zamonlarnimi? Artikllarnimi? Harakat nominimi? Öqituvçi bunga javob berolmaydi.