Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va işbilarmon doira vakillari, yetakçi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari, xususan, Serbiyaning “Galenika”, “AbelaPharm”, “Gosa FOM”, “YUMCO”, “Luss Textile” kabi kompaniyalari qatnaşdi.

66301d78-4a34-6269-ec74-4bd1e1fae280_lists_slider_
Prezident matbuot xizmati
Foto:

Davlat rahbari öz nutqida samarali ötgan oliy darajadagi muzokaralar ikki tomonlama aloqalarda yangi sahifa oçganini taʼkidladi. Özbekiston va Serbiya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatilgani asosiy natija böldi.

Özaro yetkazib beriladigan mahsulotlar turini kengaytiriş va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş hisobiga özaro savdo hajmini bir neça barobar oşiriş böyiça marra belgilangan. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş maqsadida 2026-2028 yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasi qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
b4b16ae3-fe30-0eef-39a5-b9e02035a3d6_lists_slider_
Prezident matbuot xizmati
Foto:

Mirziyoyev iqtisodiy şeriklikni yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi. Töqimaçilik va elektrotexnika mahsulotlari, avtomobil va sanoat butlovçi qismlarini birgalikda işlab çiqarişni yölga qöyiş, farmatsevtika preparatlarini mahalliylaştiriş, meva-sabzavot mahsulotlarini çuqur qayta işlaş, dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt sohalarida loyihalarni amalga oşiriş şular jumlasidan.

Özbekiston yetakçisi Serbiya biznesi uçun yurtimizda qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaratişga hamda har bir qöşma loyihani amalga oşirişda amaliy kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.

Yakunda qator ikki tomonlama iqtisodiy bitimlar va savdo şartnomalari imzolandi.