Angliya Premer-ligasining birinçi turi 13 avgust kuni start oladi. Oçiliş öyinida Çempionşipdan çiqqan debyutant «Brentford» öz maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Angliyada yangi futbol mavsumi 7 avgust kuni Superkubok bahsi bilan oçilib bölgan, unda «Lester» «Mançester Siti»ni 1:0 hisobida yenggandi.
APL reglamenti va formati
Liganing 20 jamoasi özaro bitta uyda va bitta safarda öyin ötkazadi — har bir jamoa mavsum davomida jami 38 öyinda maydonga tuşadi. Çempion 38 tur yakunida jamğarilgan oçkolar soniga qarab aniqlanadi. Agar ikki yoki undan ortiq jamoa bir xil sonda oçko jamğarsa, örinlar quyidagi körsatkiçlarni inobatga olgan holda taqsimlanadi:
— umumiy töplar nisbati;
— urilgan gollarning umumiy soni;
— özaro öyinlarda töplangan oçkolar;
— özaro öyinlardagi gollar farqi.
Yuqoridagi barça körsatkiçlar böyiça teng kelinsa, jamoalar örtasida neytral maydonda qöşimça pley-off öyini ötkaziladi (faqat çempionlikka yoki yevrokubok örinlari uçun da'vogarlar).
Mavsum yakunlariga köra tört jamoa Çempionlar ligasi guruh bosqiçi uçun yöllanmaga ega böladi. Beşinçi örin sohibi va Angliya Kubogi ğolibi UYeFA Yevropa Ligasi guruh bosqiçida öynaydi. Angliya ligasi kubogi ğolibi UYeFA Konferensiyalar ligasi pley-off iştirokçisiga aylanadi. Agar Angliya Kubogi va Liga Kubogi finallarida APLda 1-5-örinlarni egallagan jamoalar ğolib çiqqan bölişsa, yevrokuboklar uçun yöllanmalarni çempionatning oltinçi va yettinçi jamoalari qölga kiritadi.
Eng kam oçko jamğargan uç jamoa çempionşipga tuşib ketadi. Keyingi mavsumda ularning örnini quyi divizionning birinçi va ikkinçi jamoalari hamda 3-6-örinlar egalari örtasidagi mini-turnir ğolibi egallaydi.
Angliya Premer-ligasi, 2021-2022 yilgi mavsum
Jamoalar
2020/21 yilgi mavsum yakunida APLni «Fulhem», «Vest Bromviç» va «Şeffild Yunayted» tark etdi. Ularning ligadagi örnini Çempionşipda birinçi va ikkinçi örinlarni olgan «Norviç» hamda «Uotford», şuningdek, pley-off öyinlari ğolibi böliş orqali öz tarixida ilk bor APLga yöllanma olgan «Brentford» egalladi.
- «Kristal Pelas»
- «Tottenhem»
- «Lids»
- «Arsenal»












