Suhbat davomida, yoshlar kelajak tomon to‘g‘ri va ulkan maqsad qo‘yishi, ta’lim va jamiyatdagi og‘riqli muammolarga barcha javobgar ekani, farzand kamolida tarbiya muhimligi, ta’limning shirasi tarbiya ekani hamda jamiyatni qiynayotgan turli mavzularda so‘z bordi.
SAT o‘zi nima?
Scholastic Assessment Test (SAT) - akademik baholash testi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining test oluvchi tizimi hisoblanadi. Amerikada maktab bitiruvchilari oliy ta’limga kirish uchun SAT imtihonini topshiradi. Testdan yuqori natija olgan talaba oliygohga tavsiya etiladi. Amerika, Kanada va Yevropaning top universitetlariga kirish uchun ham xalqaro studentlar uchun SAT sertifikati talab qilinadi. Test 2 qismdan, ingliz tili va matematika fanlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Har bitta fan alohida 800 balldan beriladi. Umumiy hisobda 1600 ball. Ingliz tili 2ta qismga bo‘linadi - Reading va Writing. Reading qismida 55ta savolga 65 daqiqa vaqt mobaynida matnni o‘qigan holda, savollarga javob belgilaysiz. Writing qismida 44ta savolga 35 daqiqa vaqt mobaynida tushib qolgan savollarga javob topasiz. Matematika fani ham 2ta qismdan iborat - kalkulyator ruxsat berilgan qismi va kalkulyator ruxsat berilmagan qismi. Kalkulyator ruxsat berilmagan qismida 20ta savolga 25 daqiqa vaqt beriladi, kalkulyator ruxsat berilgan qismida 38ta savolga 55 daqiqa vaqt beriladi.
Ingliz tili qismida o‘quvchi «time-management»ga asoslangan holda berilgan savollarga javob topishga ulgurishi lozim bo‘ladi. Matematika qismida asosan tanqidiy fikrlash orqali masalani yechish talab etiladi.
SAT bera oladigan imkoniyatlar
SAT sertifikatidan yetarlicha ball to‘play olgan o‘quvchi top universitetlarga grant orqali o‘qishga tavsiya qilinadi. Agar o‘quvchida SAT sertifikati bo‘lmasa, grant yutish uchun keyingi bosqichga o‘ta olmaydi. Bu xalqaro top universitetlar qo‘ygan qat’iy talablardan biri. Agar sizda SAT sertifikati bo‘lmasa, zo‘r nomzod bo‘lishingizga qaramay, sizning hujjatingizni «check out» qilib yuborishadi.
Har yili dunyo bo‘ylab 2 million talaba SAT sertifikati uchun imtihon topshiradi. SAT sertifikatiga imtihon IELTS sertifikatiga o‘xshab har hafta bo‘lib o‘tmaydi. Dunyo miqyosida 1 yilda, 7 marotaba bo‘lib o‘tadi.
Ish faoliyatimning boshlanishi
SAT kursini o‘qishni boshlaganimda hech qanday o‘quv markazi bunday kurs o‘qitmasligi haqida bilar edim. Shu sababli, internetdan kitoblar buyurtma qilgan holda, «self-study» orqali o‘zim o‘rganib topshirganman. 2 yil oldin bir o‘quvchimni o‘zim tayyorlab o‘qitganimda, 1500dan yuqori ball to‘plab chiqqan. Shu orqali SAT kursimda o‘quvchilar asta-sekin ko‘payishni boshladi. Hozirda 40 nafar o‘quvchiga SAT bo‘yicha ta’lim bermoqdaman. Toshkent bo‘yicha faqat 2ta yoki 1ta joyda SAT kursi o‘qitiladi. Viloyatlarda esa umuman yo‘q.














