Mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantiriş, xalqimiz örtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalaştirişga qöşayotgan ulkan hissasi, ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya davrida yuzaga kelgan sinov va qiyinçiliklarga qaramasdan, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burçiga sodiq qolib, azmu şijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, Yaponiyaning Tokio şahrida bölib ötgan XXXII yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erişgani, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini oşiriş, yoşlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğulari ruhida tarbiyalaş borasidagi alohida xizmatlari uçun quyidagilar mukofotlanadi:
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan
Jalolov Bahodir Isomiddin öğli - Boks böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Özbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan
Djurayev Akbar Xusnidilla öğli - Oğir atletika böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Raşitov Uluğbek Ismatullayeviç - Taekvondo böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni bilan
Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanoviç - Erkin kuraş böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
Bobonov Davlat Husniddin öğli - Dzyudo böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi a'zosi
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonoviç - Erkin kuraş böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Kabinov Istam Aşuroviç - Buxoro viloyati Kogon şahar bolalar va ösmirlar sport maktabi boks böyiça murabbiysi
Qiliçev Farruh Komiloviç - Toşkent viloyati Çirçiq ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks bölimi boş murabbiysi
Qobulov Nurali Öktamoviç - Dzyudo böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Mirzadjanov Farxod Mirxamitoviç - Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi oğir atletika böyiça murabbiysi












