Andijon davlat universitetining tijoratlaştiriş bölimi inspektori öqişni köçirib beriş evaziga 3 000 AQŞ dollarini olgan paytda uşlangan.
Andijon davlat universitetining tijoratlaştiriş bölimi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoşining Qirğiziston Respublikasi Öş davlat universitetidagi öqişini vakolatli tanişlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqiçdan köçirib beriş evaziga 3 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan (https://t.me/Department_uz/836).
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon davlat universiteti katta öqituvçisi va boşqa bir fuqaro öqişga kiritib qöyiş evaziga pul olayotganda uşlanganligi xabar qilingan edi.











