Jamoa Toşkentdagi yiğinni yakunlab, xorijiy yiğinga uçib ketdi. Sönggi tayyorgarlik Ispaniya va Portugaliyada bölib ötadi. U yerda mezbonlar, Argentina, Kosta-Rika va Angola bilan örtoqlik bahslari ötkaziladi.

Tribuna.uz milliy jamoaning Toşkentdagi sönggi maşğulotiga bordi va murabbiy hamda öyinçilarning mundial oldidan fikrlari bilan qiziqdi.

Boş murabbiy Bahodir Ahmedov tayyorgarlikdan qoniqayotganini aytdi: «Tayyorgarlik juda yaxşi ketmoqda. Tailanddagi xalqaro turnir (3-örin egallandi) foydali böldi. Jamoaning zaif tomonlarini bilib oldik.

Tailanddagi turnirda JÇdagi raqibimiz Misrni (4:0) mağlub etganimizga işonib qolmasligimiz kerak. Öşa öyinda aslida köplab xatolarga yöl qöydik. Mundialda umuman boşqaça öyin böladi.

Ispaniya va Portugaliyada kuçli jamoalar bilan örtoqlik bahslari ötkazamiz. Yuqori darajali jamoalar bilan öynayotganimiz xursand qiladi. Buning uçun ÖFAga rahmat».

Murabbiy Nodir Eliboyev guruhdagi raqiblar haqida fikr bildirdi: «Birinçi öyin qiyin böladi. Ötgan JÇda Panama (1:3) jismoniy ustunlik evaziga bizni mağlub etgandi. Gvatemala ham şunday raqiblardan. Lekin öz öyinimizni namoyiş eta olsak, ğalaba qozona olamiz. Rossiya — nafaqat guruh, balki musobaqa favoriti. Misr bilan bu safar umuman boşqaça öyin böladi. Agar örtoqlik bahsida Özbekiston yutqazganida ham, şu gapni aytgan bölardim.

Ispaniyalik murabbiylar kelgaç, jismoniy jihatdan ösişga erişa oldik. Ularni şu sababli taklif qilgandik. Maqsadimiz — turnirga «pik» formada yetib boriş.

Mendes uyning poydevorini qurib ketgan. Biz esa davom ettiryapmiz. Uning uslubini saqlab qolganmiz, lekin özgarişlar ham bor. Busiz iloji yöq. Çunki butun dunyoda futzal özgaryapti».

Darvozabonlar murabbiyi Karlos Korona şogirdlarining tayyorgarligiga töxtalib ötdi: «Bizda 3 nafar darvozabon bor. Bu bizga xilma-xillik beradi. Bundan juda ham xursandman. Rustam — juda yaxşi darvozabon, tajribasi katta. Xalqaro musobaqalar va sönggi jahon çempionatida öynagan. Abbos Elmurodovda ham Rustamda mavjud hamma narsa bor: tajriba, öyinni nazorat qiliş, oğir vaziyatlarda asabiylaşib ketmaydi. Yaxşi sakraydi, oyoq bilan yaxşi öynay oladi. U — hujumda ham öynay oladigan darvozabon.