Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi mahalliy hokimliklar va davlat taşkilotlari öz binosini panjara bilan örab olganini tanqid qilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdagi sessiyasida Zoir Mirzayev bir qator dolzarb masalalar haqida söz yuritib xalq uçun xizmat qilişi lozim bölgan hokimliklar va davlat taşkilotlari binolarining panjara bilan örab olingani haqida ham gapirgan. Viloyat hokimi holatni tanqid qilib, hokimliklar va davlat taşkilotlari binolari fuqarolar uçun oçiq bölişi lozimligini aytgan.
«Nimaga hokimlik yopiq joy bölişi kerak? Men viloyat hokimligiga çaqirilgan hokimlarni har safar binoning old tarafidan olib kirişni buyuraman, nimaga? Hokimlar şu tomondan kirsa, panjara yöqligini köradi. Men hokimlik binosiga kirayotgan yölda panjara yöq. Buni aqli yetgan tuşunadi», – degan Zoir Mirzayev.
Şuningdek, hokim viloyatdagi taşkilotlar ham öz binosini panjara bilan örab olganini, xalq taşkilotga kirişi uçun bir neçta tösiqlarni bosib ötişga majbur bölayotganini aytib tanqid qilgan.
«Kiçkinagina taşkilotlar panjara, panjaradan söng yana bir balo qöyib, odamlarning yölini tösib qöygan. Özi heç bir iş qilmaydi, qöriqlanadigan heç narsa yöq, lekin panjara bilan tösilgan. Men şunday paytda taşkilot rahbarlaridan panjara bilan kimdan nimani qöriqlayotganini sörayman. Xöş, taşkilotini xalqdan qöriqlayaptimi?» – degan viloyat rahbari.












