
Bugun, 17 avgust kuni Qarşi şahrida bir guruh şaxslar odamlar köz öngida sport murabbiyi Elbek Rahimovni urib, kaltaklaşgan. Söng, maşinaga ötqazib, noma'lum tomonga olib ketişgan.
Kun.uz manbasiga köra, keyinroq murabbiyning jasadi topilgan.
Boş prokuratura matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Iş doirasida 7 nafar şaxs gumonlanuvçi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda uşlangan.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, Elbek Rahimovni urib maşinaga tiqib ketgan şaxslardan biri bilan uning özaro adovati bölgan.










