Afğonistonda hokimiyatni egallagan «Tolibon» harakati ilk matbuot anjumanini ötkazdi. «Al-Jazira» matbuot anjumanini translatsiya qildi.

Harakatning rasmiy vakili Zabihulla Mujohid toliblar jahon sahnasida heç kim bilan duşmanlik munosabatida bölişni xohlamasligini aytdi.

U toliblar Afğonistonning «töqnaşuvlar maydoni» bölib qolişiga yöl qöymasliklarini ta'kidladi.

«20 yillik kuraşdan söng biz çet elliklarni quvdik va butun millat uçun ğururlaniş onlari keldi», – dedi Mujohid.

Uning sözlariga köra, «Tolibon» harakati avvalgi işlar uçun heç kimdan «qasos olişga urinmaydi», harakat «hammani keçirdi».

Bu xususda gapirgan harakat mulozimi Afğonistonning sobiq hukumati harbiylari, xalqaro kuçlar bilan hamkorlik qilganlar va tarjimonlar ta'qib qilinmasligini qayd etdi.

«Heç kim sizga ziyon yetkazmaydi, heç kim eşigingizni taqillatib bormaydi», – dedi u.

Zabihulla Mujohid / Foto: AP Photo/Rahmat Gul

Mujohid toliblar boşqa mamlakatlar bilan bevosita muloqotga tayyorligini yana bir bor ta'kidladi. Uning aytişiça, mamlakatdagi barça elçixonalar va nohukumat taşkilotlar töliq xavfsizlikda. «Tolibon», şuningdek, mamlakat hududidan boşqa davlatlarga hujum qiliş uçun foydalanilişiga yöl qöymaslik majburiyatini oladi.

Harakat vakili mamlakatda ayollar huquqlari himoya qilinişini, ularga şariatga rioya qilgan holda faol turmuş tarzini olib borişga imkon berilişini aytdi. U şuningdek, ayollardan butun tana va yuzni yopib turuvçi burqa emas, hijob taqiş talab qilinişini bildirdi.

Uning sözlariga köra, Afğonistondagi «minglab maktablar işlaşda davom etadi».

Zabihulla Mujohid yangi hukumat mamlakat iqtisodiyotini tiklaşga e'tibor qaratişini aytdi.

«Iqtisodiy vaziyat yaxşilanadi. Bunga erişiş, odamlarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş uçun jiddiy çoralar köramiz», – dedi u.

«Tolibon» şakllantirayotgan hukumat avvalgi hukumatdan yaxşiroq işlaydi, dedi Mujohid.